Mazkur tadbirning Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida nishonlanishi unga o'zgacha ma'no va shuur bag'ishlaydi. Zero, bosh Qomusimiz bo'lmish Konstitutsiyamiz bizning barcha huquqlarimiz kafolati. Davlat dasturi doirasida esa, bolalarning, shu jumladan, imkoniyati cheklanganlarning ijtimoiy himoyasi yanada kengaydi va mustahkamlandi.

Tadbirda Bojxona institutining bir guruh tashabbuskor kursantlari va xodimlari ishtirok etib, o'quvchilarning ko'nglini ko'taruvchi she'riy va musiqali chiqishlarni namoyish etishdi.

Tadbir so'ngida maktab o'quvchilariga o'quv qurollari va esdalik sovg'alari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tayyorlangan o'quv qo'llanmalar tuhfa etildi. Maktab o'quvchilari tomonidan ijro qilingan kuy-qo'shiqlar, davraga ko'tarinki ruh va o'zgacha zavq bag'ishladi.

Aziza Sharofiddinova,

Toshkent shahar Shayxontoxur tumanidagi 40-maktab o'quvchisi.