Dastlab britaniyalik tadbirkor Garri Vul`f tomonidan yig'ilgan kolleksiya 3-4,3 million dollarga baholangan edi, biroq auksion savdosi natijasi kutilganidan sezilarli darajada oshib ketdi.
To'plamning eng qimmat qismi 1900-yillarda yaratilgan, oltin, jade, emal, marvarid va olmos bilan bezak berilgan billur stakandagi qulupnay etyudi edi. U 430 ming dollarga sotildi.
Xuddi shu davrda yaratilgan, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kichkina ko'k boshli qushcha haykalchasi 200 ming dollarga sotildi, bu ham lotning dastlabki hisob-kitobidan uch baravar oshib ketdi. Oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan yana bir noyob qush haykalchasi ham xuddi shu narxga tushdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Jenevada bo'lib o'tgan Sotheby's auksionida Romanovlar qirollik oilasiga tegishli zargarlik buyumlari to'plami 885 ming dollarga sotilgan edi.