Mamlakatimiz vakili, taekvondochi Shuhrat Salayev, kecha, 9 mart kuni 80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʼlubiyatga uchratib oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Finalda hamyurtimiz eronlik Muhammad Husayn Yazdanini 15:11 hisobida magʼlub etdi.