Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller bayonotida aytiladi, deb xabar beradi tass.ru.
“Bugun biz G'arbiy Sohilda tinch aholiga qarshi zo'ravonlik harakatlari sodir etgan isroillik uch nafar jismoniy va besh nafar yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar kiritmoqdamiz”, deyiladi hujjatda.
Miller, shuningdek, Isroil hukumatini ro'yxatdagi shaxs va tashkilotlarni zudlik bilan javobgarlikka tortishga chaqirdi. “Bunday qadamlar bo'lmasa, biz o'z javobgarlikka tortish choralarimizni ko'rishda davom etamiz”, deya qo'shimcha qildi Miller.