Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQShning Sharqiy sohilidagi vaqti bilan 16:49 da havoga ko'tarilgan. Uchirish bir kun avval kutilgandi, biroq noma'lum sabablarga ko'ra qoldirildi – SpaceX mutaxassislarga uchishga tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha vaqt kerakligini ma'lum qildi.
Axiom Space xususiy kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Ax-3 ekipaji tarkibida italiyalik uchuvchi Valter Villadey, EKA astronavti va Shvetsiya fuqarosi Markus Vandt, shuningdek, koinotga uchgan birinchi Turkiya fuqarosi, harbiy uchuvchi Alper Gezeravchi kiritildi. Ekipajga NASAning sobiq astronavti va Axiom xodimi Maykl Lopec-Alegriya boshchilik qiladi.
Kema stansiyaga shanba kuni, Moskva vaqti bilan taxminan soat 13:15 da yetib borishi kutilmoqda. Ekipaj orbitada taxminan ikki hafta qoladi va bu vaqt davomida ular stansiyaning ilmiy ishlarida ishtirok etadi, deb xabar beradi ria.ru.