Toshkent, Belgiya, Turkiya va Fransiya ekspertlari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi vakillari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari «geografik ko'rsatkichlardan foydalanish bo'yicha xalqaro tajriba» mavzusida vebinarda ishtirok etdilar.
Tadbir 2019-2021 yillarga mo'ljallangan «Barqaror geografik ko'rsatkichlarni boshqarish va qo'llab-quvvatlashning ma'muriy tizimini mustahkamlash» FAO mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi. Ushbu loyiha davomida Intellektual mulk agentligi FAO mutaxassislari bilan birgalikda Turkiya va Frantsiyaning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda «Geografik ko'rsatkichlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining yangi qonuni loyihasini ishlab chiqmoqda.
Geografik ko'rsatkich – bu muayyan geografik kelib chiqishi bor va kelib chiqishi o'sha joyga xos xususiyatlarga yoki obro'ga ega bo'lgan tovarlar bo'yicha ishlatiladigan belgi. Umuman olganda, geografik ko'rsatkichlar tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan iborat. Bu xususiyatlari ishlab chiqarilgan joy, iqlim va tuproq kabi geografik omillar bilan belgilanadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlaridir. Belgining geografik ko'rsatkich sifatida faoliyat ko'rsatishi milliy qonunchilik va iste'molchilik idroki bilan belgilanadi.
Geografik ko'rsatkichlar turli xil qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan bog'liq holda ishlatilishi mumkin. Misol uchun, geografik ko'rsatkich «Rokfor» faqat Frantsiyaning ma'lum bir viloyatida ishlab chiqarilgan pishloq uchun ishora qiladi. SHunday qilib, geografik ko'rsatkichlar ishlab chiqarish manbai yoki joyining belgilanishidan ko'ra ko'proq: ular mahsulotning muayyan xususiyatlarini ko'rsatmaydigan «ishlab chiqarilgan» yorliqdan farqli o'laroq, sifat dalilidir.
«Ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish geografik ko'rsatkichlar bilan himoyalangan va iste'molchilarga yaxshi ma'lum bo'lgan mamlakatlarga, masalan, Evropa Ittifoqiga eksportni oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu vijdonsiz amaliyotlarni oldini oladi va iste'molchilarning geografik ko'rsatkichlardan foydalanganda adashishlariga yo'l qo'ymaydi», – deydi O'zbekiston FAO vakolatxonasining loyiha koordinatori Sherzod Umarov.
Vebinar davomida «Huquqiy baza va geografik ko'rsatkichlar bo'yicha Evropa Ittifoqi qonun asosining tuzilishi», «Fransiyada himoyalangan geografik ko'rsatkichlar uchun ilovalarni ko'rib chiqish tizimi, samarali baholash va himoya qilish uchun umumiy vositalari», «Turkiyada hunarmandchilik ishlab chiqarish geografik ko'rsatkichlari himoya qilish» va boshqalar kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.
eslatib o'tamiz, FAO bir qator mamlakatlarni qishloq joylarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash va geografik ko'rsatkichlar yordamida oziq-ovqat eksportini oshirishda katta tajribaga ega. O'zbekistonda mazkur loyihaning amalga oshirilishi esa huquqiy asosni takomillashtirib, ishlab chiqaruvchilarni ham, iste'molchilarni ham geografik ko'rsatkichlar haqida xabardor qilish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy va xalqaro darajadagi geografik ko'rsatkichlarni boshqarish va himoya qilishning belgilangan tizimi ishlab chiqaruvchilarga geografik ko'rsatkichlardan foydalanishdan ijtimoiy-iqtisodiy foyda olish imkonini beradi va iste'molchilar, o'z navbatida, muayyan mahsulotning mukammal sifat va noyob xususiyatlarga ega ekanligiga kafolat beradi.