Xususan, may oyida FAO oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi 162,5 punktni tashkil etgan, bu avvalgi oyga nisbatan 1,9 foizga pastdir.
FAO shakar narxlari indeksi oldingi oyga nisbatan 7,4 foizga o'sib, aprel oyidagi tushishning yarmini tikladi. Bu xalqaro neft narxlarining o'sishi, Hindiston va Tailandda hosilning kutilganidan ham past bo'lishi bilan bog'liq. Ma'lumot o'rnida, Hindiston shakar ishlab chiqarish bo'yicha jahonda ieeinchi, Tailand esa eksport qilish bo'yicha ikkinchi o'rinda hisoblanadi.
FAO don mahsulotlari narxlar indeksi aprel` oyidan beri 1,0 foizga tushib ketdi. Xalqaro guruch bozorida "yaponik" va "basmati" navlari narxlari ko'tarilgani haqidagi xabarlar ortidan biroz ushbu mahsulotning qiymati ham oshdi. Bug'doyning eksport bahosi esa kutilganidek butun jahon zaxiralarining to'lib-toshganligi natijasida arzonladi. Ozuqa donlarning narxi esa yanada pasayib ketdi. Xususan, AQSH makkajo'xorisi narxi 2019 yil maydagi darajasidan deyarli 16 foizga pastlagan.
FAO o'simlik yog'i narxlari indeksi 2,8 foizga tushib, 10 oy ichida eng quyi darajaga etdi. Raps va kungaboqar moylari narxlari ko'tarilgan bir paytda, to'rtinchi oydirki pal`ma yog'i narxlari pasaymoqda, bu importning global talabi pasayishi va yirik eksport qiluvchi mamlakatlarda ishlab chiqarish va zaxiralarning kutilgan darajasidan yuqori ekanligini ko'rsatmoqda.
FAO go'sht narxlari indeksi may oyida 0,8 foizga tushib, uning o'rtacha qiymati 2019 yil may oyiga nisbatan 3,6 foizga pastlagan. SHarqiy Osiyoda importga talab o'sib borishiga qaramay, mol, parranda go'shtlari narxlari pasayishda davom etmoqda.