Bugungi kunda mamlakatimizda tayyor kiyim kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor.
Lekin ularni aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan, milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo doʻkonlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.
Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan boʻlgan toʻqimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda soligʻi 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.
Endilikda toʻqimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish boʻyicha 15 foizli meʼyor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi.









