Maʼlumki, vaksina COVID-19dan sezilarli himoya qiladi: u kasallikning ogʻir kechishi xavfini pasaytiradi va virusning yuqishi ehtimolini kamaytiradi. Biroq, emlashdan keyin ham yuqtirish xavfi mavjud boʻlib qolaveradi.
Koronavirus alomatlarini dastur shaklida kuzatadigan keng koʻlamli OE COVID Symptom Studyga koʻra, emlangan odamlarda infeksiya tez-tez aksirish bilan namoyon boʻladi.
Kasallikning ushbu dastlabki alomati emlangan va keyinchalik koronavirus bilan kasallangan bemorlar tomonidan aniqlangan.
Emlanmagan odamlarda aksirish aksariyat hollarda shamollash yoki allergiya bilan bogʻliqligi qayd etilgan.