Ular oʻz iqtidori va bilim salohiyatidan unumli foydalangan holda, horijiy tillarni bilish darajasini takomillashtirib, turli loyihalarda ishtirok etgan. Natijada ular tengdoshlaridan oldin nufuzli xalqaro universitetlar talabasiga aylandi. Yana bir quvonarli jihati  ushbu akademik litsey bitiruvchilarining yana 32 nafari imtiyozli diplomga ega boʻldi.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov oʻquvchilarning bitiruv marosimida ishtirok etib, ularga tantanali ravishda diplom topshirdi.

Tadbir davomida akademik litsey faoliyati, yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishgan rektor toʻgaraklar ishi, oʻquv xonalari, laborotoriyalar shart-sharoitlari, taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminot masalalari bilan qiziqdi.

Akademik litseyda oʻquvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish darajasini yana-da oshirish, ularning oʻzlari qiziqqan fan yoʻnalishlari boʻyicha chuqur bilim olishlari uchun keng imkoniyat yaratish borasida oʻqituvchilarning fikrlari va takliflarini oʻrgandi.

Bitiruvchilar uchun taqdim etilgan madaniy dastur hamda jonajon taʼlim dargohi bilan xayrlashuv tadbiri yoshlarni oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari va qoʻllarida tutib turgan diplom masʼuliyatini yana-da jonlantirdi.