Natijalarga koʻra, Fargʻona davlat universiteti ushbu katta nufuzga ega dunyo reytingida 801-850-oʻrindan joy oldi.
QS (Quacquarelli Symonds) Osiyo reytingi Osiyodagi universitetlarning sifatini baholashda muhim ahamiyatga ega boʻlib, tadqiqotlar sifati, oʻqitish darajasi, xalqaro hamkorlik, ilmiy nashrlar va universitetning ijtimoiy obroʻsi kabi mezonlarni oʻz ichiga oladi.
Aytish kerakki, QS — Osiyo universitetlari reytingi metodologiyasi universitetlarning oʻquv va tadqiqot sifati, xalqaro hamkorlik darajasi, ilmiy nashrlar soni va iqtibos olish koʻrsatkichlarini baholashga asoslanadi.
Fargʻona davlat universiteti oʻz faoliyatida ushbu yuqori koʻrsatkichga erishishi esa mamlakatimizda oliy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasini yaqqol ifoda etadi.
Hamkorlikmateriali