Quvonarlisi, ushbu yoshlar orasida Fargʻona davlat universiteti talabasi Hayitboy Hasanov ham bor. Bugun unga oliygohdagi barcha talabalar havas bilan qaramoqdalar va tengdoshlariga qaratilgan eʼtibordan oʻzgacha kuch olmoqdalar.
Talaba-yoshlarda ertangi kunga ishonchni yanada mustahkamlash, ularda vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalab borish, tengdoshdan-tengdoshga tamoyili asosida «talababay» ishlash maqsadida bugun FarDUda «Kelajak bunyodkori» medali sohibi Hayitboy Hasanov va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov Hayitboy va uning ota-onasiga Vatanga sidqidildan xizmat uchun, yaxshi tarbiya, munosib farzand yetishtirib berganlari uchun oʻz minnatdorligini bildirar ekan, davlatimiz rahbarining har bir talabaga qaratgan eʼtiborini alohida eʼtirof etib, davlat mukofoti sohibini samimiy muborakbod etdi. Universitet jamoasi va koʻp sonli talabalari nomidan Hayitboyga tabrik sovgʻasini topshirdi.
Hayitboy ham oʻz dil soʻzlarini tengdoshlari bilan oʻrtoqlashar ekan, Fargʻona davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yangi va zamonaviy oʻquv binolari, keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlarini ichida ulgʻayayotgan bir yosh sifatida yana qayta talaba boʻlishni orzu qilayotganini, FarDU bagʻrini tark etishni aslo istamayotganini yashirmadi.
Talaba-yoshlar davrasida oʻz taassurotlarini ulashayotgan Hayitboy hamon hayajonda эди.Чунки u Muhtaram Prezidentimizning tabriklarini yonlarida turib tinglab, bugun yoshlarga yetkazmoqda.
Savollar, tabriklar va takliflar talabalar davrasini qizdirib yubordi. Soʻx elining farzandi boʻlgan Hayitboy hozirjavoblik bilan talabalarning barcha savollariga batafsil javob berib bordi.
Uchrashuvda ishtirok etayotgan uning onasi – Dilorom opa esa yoshlar toʻgʻrisida qalbi faxr va iftixorga toʻlib, baxtli talabalar suhbatini zavq bilan tinglab oʻtirar ekan, dildan shukronalar keltirdi.