Asosiy natijalar:
Xalqaro darajada:
- Energiya va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishida — 36-oʻrin
- Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida — 79-oʻrin
Milliy koʻrsatkichlar:
GreenMetric reytingiga Oʻzbekistondan 79 ta universitet kiritilgan boʻlib, Fargʻona davlat universiteti mamlakat OTMlari orasida umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladi.
- Energiya va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishida — 1-oʻrin
- Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida — 2-oʻrin
Mazkur natijalar Fargʻona davlat universitetining barqaror rivojlanishga qaratilgan siyosati, iqlim oʻzgarishiga qarshi chora-tadbirlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda “yashil kampus” infratuzilmasini izchil rivojlantirib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.








