Asosiy natijalar:

Xalqaro darajada:

  • Energiya va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishida — 36-oʻrin
  • Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida — 79-oʻrin

Milliy koʻrsatkichlar:

GreenMetric reytingiga Oʻzbekistondan 79 ta universitet kiritilgan boʻlib, Fargʻona davlat universiteti mamlakat OTMlari orasida umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladi.

  • Energiya va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishida — 1-oʻrin
  • Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida — 2-oʻrin

Mazkur natijalar Fargʻona davlat universitetining barqaror rivojlanishga qaratilgan siyosati, iqlim oʻzgarishiga qarshi chora-tadbirlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda “yashil kampus” infratuzilmasini izchil rivojlantirib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.