Lolaxon Murotova qishloq xoʻjaligida, xususan, bogʻdorchilik va dehqonchilikda yoshlar oʻrnak oladigan, tajribalarini ommalashtirishga arziydigan ilgʻor soha mutaxassisidir.
Shu bois, Lola opaning xizmatlari alohida eʼtirof etilib, 2019-yilda ushbu shijoatda yagona fermer ayolga Fargʻona davlat universitetining “faxriy professori” unvoni berilgan.
Lola Murodovaning mazkur sohada olib borayotgan sharafli ishlari, gʻayrati va tashabbuskorligi uchun universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
— Lola opa nafaqat Fargʻona ahlining, balki barcha ayolllarimizning, millatning faxridir. Bugun bu zahmatkash ayol yaratgan oʻziga xos maktab — mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining bir qismiga aylangan, uning elparvarligi sabab, fermer xoʻjaligida ishlab ahil bir oiladek boʻlib ketgan qanchadan qancha xonadonlarning qozoni qaynamoqda, — deydi universitet rektori B.Shermuhammadov.
Opa koʻp yillar davomida traktorchi, oddiy ishchi, mexanik, tabelchi, brigadir, boʻlim boshligʻi, xoʻjalik raisi sifatida mehnat qilgan va Markaziy Fargʻonaning choʻl-dasht yerlarida paxta, boshoqli don yetishtirib, fermerlikda oʻziga xos tajriba va mahorat orttirgan. Shu saʼy-harakatlari tufayli davlatimizning koʻplab mukofotlariga sazovor boʻlgan.