Holat boʻyicha, Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 27-sentyabr kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Qapchugʻay” mahallasida oʻzaro qarindosh boʻlgan erkak va ayol oʻrtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat shu kunning oʻzida Oltiariq tuman IIB tomonidan roʻyxatga olinib, ayolning tan jarohatlari ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.