Madaniyat vazirligiga Fargʻona filarmoniyasida Simfonik orkestr va Milliy cholgʻu ansamblini tashkil qilish topshirildi.
Ushbu orkestr va ansambl sayyohlar eng koʻp keladigan Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon shaharlari, Rishton, Quva va Fargʻona tumanlarida haftalik konsertlar oʻtkazadi.
Shuningdek, Fargʻona shahrida yangi tashkil boʻlayotgan “Eko shahar”da musiqa maktabini tashkil qilish boʻyicha taklif kiritishga koʻrsatma berildi.
Umuman, bugun Fargʻona uchun yaratilayotgan sharoitlar kamida 10 milliard dollarlik investitsiyaga zamin boʻlayotgani taʼkidlandi.