Ushbu muhim bosqich “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan asos moylarning sifatini yaxshilash va mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish borasidagi ishlar doirasida amalga oshirildi.

Asos moylarini ham mahalliy, ham chet el isteʼmolchilari yangi standart boʻyicha mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotib olishlari mumkin.

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida texnologik jarayonlarni yana-da modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar davom etmoqda, keyingi maqsad – yuqori sifatli II va III guruhidagi asos moylarni ishlab chiqarishga oʻtish.

Taʼkidlash lozimki, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ Oʻzbekiston Respublikasida surkov moylari ishlab chiqaruvchi yagona va Markaziy Osiyo mintaqasida asos moylarni ishlab chiqaruvchi oʻz segmentining eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi.

Eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmolchilarning yangi zamonaviy turdagi moylarga boʻlgan talabini qondirish uchun birinchi marta Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida API SL moylarining zamonaviy toifasidagi va SAE qovushqoqlik sinflariga mos keluvchi yuqori sifatli motor moylari ishlab chiqildi. Shuningdek, API SF/SS, SG/CD, CF-4/SG va GL-3 toifali transmissiya moylarini va KAMAZ avtomobil vositalari uchun uzatish birliklarini ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.