Shamol generatori modelini yigʻish va texnik modellashtirish loyihasi uchun “FERPI-INNO” unitar korxonasi tomonidan umumiy qiymati 33 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Yangi qurilma aholi va xalq xoʻjaligi tarmoqlarida muqobil elektr energiya samaradorligini oshiradi. Undan uy, bogʻcha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiya ishlab chiqarishda foydalanish yaxshi samara beradi.. Institut hovlisiga oʻrnatilgan shamol generatori bir soatda 0,5 kvt/s , bir kunda 12 kvt/s elektr energiyasini tejaydi.
– Shamol generatoridan foydalanish orqali bir kunda energiya tejovchi lampochkalarning 800 donasidagi elektr energiyasi sarflagan tokini tejash imkoni bor, – deydi loyiha muallifi Abduvosit Xayrullayev. – Mazkur generator shamoldan elektr energiyasini olib, maxsus moslama, yaʼni akkumliyatorga yigʻadi va invertor qurilmasi orqali oʻzgaruvchan tok koʻrinishida isteʼmolchilarni elektr toki bilan taʼminlaydi.
Dunyo sivilizatsiyasining bugungi bosqichida energiyaga boʻlgan talabning ortishi, energiya narxlarining doimiy oshib borishi, zamonaviy, ekologik toza, energiya tejamkor texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiyalardan samarali foydalanish, tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash orqali yashil energetika sohani yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Institutning 4 kurs talabasi va ustozlar koʻmagida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyiha bu borda yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi.