Fargʻona shahrida qalbaki meneral oʻgʻit ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi

    Xavfsizlik 24 Iyun 2021 1398

    Voqea joyidan 1 dona qadoqlash dastgohi va 35 qop mineral oʻgʻit tayyorlashda qoʻshiladigan xom ashyo ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. davlat roʻyxatidan oʻtmasdan yashirin sex tashkil qilib, “Ammofos-Maxam Ammophos” nomi ostidagi qalbaki yorliqlardan foydalanib, sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, voqea joyidan 1 dona qadoqlash dastgohi va 35 qop mineral oʻgʻit tayyorlashda qoʻshiladigan xom ashyo ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Shuningdek, fuqaro N.Q. “A.K.” MCHJ rahbari Sh. bilan oldindan til biriktirib, yashirin sexda ishlab chiqarilgan sifat sertifikati boʻlmagan “Ammofos” mineral oʻgʻitini soxta hujjatlar orqali 46,8 mln soʻmga sotib yuborganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.