Shu orqali xarajatlar uchun A.B.dan 5.535 AQSH dollari oladi, oqibatda bergan vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deya xabar beradi Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.