2022-yil 20-dekabr kuni soat 21:00 larda Q.M ismli qoʻshnisi O.N ismli ayolning oldiga kirib, podyezddagi liftni taʼmirlatish uchun pul yigʻib yurganligini aytib, undan pul berishini soʻraydi.
O.N vaqtida pul bermaganligi uchun janjallashib, ayolning qoʻlidagi narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung” rusumli telefon apparatini tortib olib, ochiqdan-ochiq talonchilik qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.