Fargʻona shahrida yangi avtobuslar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi

    Shu yilning avgust-sentyabr oylarda Fargʻona viloyatiga tashuvchi korxonalar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza jami 48 dona zamonaviy avtobuslar olib kelingan edi.

    Transport vazirliging xabar berishicha, shu yilning 4-noyabr sanasidan boshlab ushbu avtobuslar shahar ichi avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi.

    Mazkur yoʻnalishlarda harakatlanayotgan barcha avtobuslarda elektron toʻlov tizimi joriy etilgan boʻlib, yoʻlkira naqd pulda 3000 soʻm va elektron shaklda (ATTO) kartalari orqali esa 2400 soʻm etib belgilangan.

    Shuni alohida aytib oʻtish kerakki, joriy yil yakuniga qadar yana 48 dona yangi avtobus olib kelinishi hamda shahardagi 4 ta yoʻnalishlarga biriktirilishi rejalashtirilgan.