Bu haqda Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qidi.
Xabarda aytilishicha, Fargʻona viloyatida jamoat transporti tizimini rivojlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha ishlar izchil davom etmoqda.
Shu maqsadda mazkur avtobuslar yaqin kunlarda Fargʻona shahridagi yoʻnalishlarda brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Shu bilan birga, bu loyiha doirasida yangi ish oʻrinlari ham yaratiladi.
Maʼlumot uchun, 2024–2025-yillarda viloyatdagi toʻrtta tashuvchi korxona tomonidan “Asia Star”, “Yutong” va “Zhong tong” rusumli jami 96 ta zamonaviy avtobus olib kelingan.








