Fargʻona tumanida 3D koʻrinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarilmoqda

    Sanoat 16 Sentabr 2022 1649

    Bu korxonada oʻtgan 2021-yil yakunida eshik va derazalar uchun zamonaviy jalyuzilar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, joriy yilda Evaks Fabric brendi ostida 3D koʻrinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirildi.

    Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona tumanidagi “Iqbol dizayn servis” oilaviy korxonasida boʻldi.

    Bu korxonada oʻtgan 2021-yil yakunida eshik va derazalar uchun zamonaviy jalyuzilar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, joriy yilda Evaks Fabric brendi ostida 3D koʻrinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirildi.

    Qiymati 1,5 mln. dollar boʻlgan ushbu loyiha 1,15 mln. dollar tadbirkorning oʻz mablagʻlari hamda 350 ming dollar xorijiy bank krediti hisobiga hayotga tadbiq etildi.

    Yillik 150 ming kv.m mahsulot quvvatiga ega korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qoʻshni davlatlarga va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda. Ushbu korxonada 50 dan ziyod doimiy ish oʻrni yaratilgan. Ishchi-xodimlar uchun xalqaro standartlarga mos mehnat sharoitlari yaratilgan.

    Loyiha rahbari Iqboljon Mirahmatovning korxona faoliyatini rivojlantirish uchun 700 ming dollar miqdorida bank krediti olishga koʻmaklashish yuzasidan viloyat hokimiga murojaati ijobiy hal etiladigan boʻldi.