Ishtirokchilar dastlab jurnalistlar Fargʻona viloyat davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv xujjatlari va fotokoʻrgazma bilan tanishdi. Fargʻona viloyat davlat arxivi direktori D.Mallayev davlat arxivida hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shundan soʻng arxivida hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, hujjatlarni restavratsiya qilish laboratoriyasi hamda hujjatlarni taʼmirlash jarayoni, taʼmirlashda ishlatiladigan xom-ashyolar va dastgohlar bilan tanishtirildi.
Tadbirda “Asakabank” AJ banki Fargʻona viloyat filialida davom ettirildi. Idoraviy arxivda davlat arxivlari xodimlari hujjatlarni jamlanishi va saqlanishi buyicha axborot berib, hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish jarayoni yuzasidan mahorat-darsi tashkil etdi.
Jurnalistlar mediatur davomida Margʻilon shahar davlat arxivida tarixiy hujjatlar asosida tashkil etilgan fotokoʻrgazma hamda arxiv ishi va ish yuritish ishlari bilan tanishdi.
Anjuman yakuniy qismida Fargʻona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi Yu.Kamolovning davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish holati yuzasidan axboroti tinglandi.
Taʼkidlash joizki, arxiv ishini rivojlantirishda Internet tarmogʻidan foydalanishning texnik imkoniyatlarini yana-da kengaytirish maqsadida oʻtgan yil davomida, viloyat davlat arxivlarida hujjatlarning saqlovini taʼminlashga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha jami 34 ta texnik jihozlar sotib olingan, bu maqsadlarga jami 196 million 629 ming soʻm mablagʻ sarf etilgan.
Viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasini yana-da rivojlantirish yuzasidan Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi taklifi bilan Fargʻona viloyat hokimligi tomonidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasi doirasida viloyatdagi 34 ta boshqarma va uning tizimidagi 500 dan ortiq shahar va tuman tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Olib borilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tashkilot raxbarlariga ogohlantirsh xatlari yuborildi.
Shuningdek, 34 ta boshqarma va uning hududiy tizimlarida faoliyat yuritayotigan arxiv ishi va ish yuritishga masʼul xodimlariga oʻquv seminarlari tashkil etilib, seminar doirasida ish yuritish boʻyicha muhim hujjat xisoblangan yigʻmajildlar nomenklaturasi ishlab chiqilib, viloyat ekspert tekshiruv komissiyasi roʻyxatidan oʻtkazib berildi.
Bundan tashqari viloyatda tashkil etilgan “Arxiv ishi, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha” 40 soatlik maxsus oʻquv kursi tomonidan shu kunga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan tashkilot, korxona va muassasalarining 3600 dan ziyod arxiv ishi va ish yuritishga masʼul xodimlarini malakasi oshirilib, ularga tegishli tartibda sertifikatlar va arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar berildi.
Oʻtgan yil davomida viloyat arxiv muassalariga jami 35370 ta (davlat arxivlariga 20 213 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 15 157 ta) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, (2019-yilda 32 400 ta), shundan 31700 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 33170 ta soʻrovlar ijrosi bajarilgan.
Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalariga 2021-yil davomida arxiv muassasalariga my.archive.uz portali orqali jami 2077 ta jismoniy shaxslarning ijtimoiy soʻrovlari kelib tushgan boʻlib, 1748 tasi ijrosi taʼminlanishiga erishildi.