Norinlik tadbirkor Buruqqan Toʻlugunova oʻz gilamlarini namoyish qilar ekan, bu mahsulotlarni mahalliy bozorlarga olib chiqayotganliklarini, shu bilan birga Italiya va Qozogʻistonga eksport amalga oshirilayotganligini aytib oʻtdi.
Hunarmand Suyunali Moʻminboyev esa Norin viloyatida yilqichilik yaxshi rivojlangani uchun egar mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj katta ekanligini maʼlum qildi. Teridan tayyorlangan mahsulotlarni fargʻonaliklarga namoyish etdi.
Qishloq xoʻjaligi, chorvachilik mahsulotlari, dorivor oʻsimliklar ham viloyatimiz delegatsiyasi aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.
Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev har bir tadbirkorlik stendini birma bir tanishtirib chiqdi va mahsulotlarning oʻziga xos jihatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Norinliklar Fargʻona viloyati bilan hamkorlikka doimo tayyor ekanliklarini yana bir bor taʼkidladi.