Bugun, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov masʼul idoralar rahbarlari bilan birgalikda fargʻonalik afv etilganlar bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida ularning ijtimoiy muammolari, kelgusidagi rejalari oʻrganildi.
Afv etilgan fuqarolarga Prezidentimizning ishonchini oqlab, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, yuz berayotgan oʻzgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi boʻlishi lozimligi tushuntirildi.
Jazodan ozod etilganlar qilgan ishlaridan pushaymonliklarini taʼkidlab, bildirilgan ishonch uchun xalqimizga, hukumatimizga minnatdorchilik bildirdilar. Bundan buyon halol ishlab, oilalariga va yurtimizga naf keltirishga vaʼda berdilar.
Viloyat hokimi mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.