Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Oʻrinboyev Avaz Rustamovich Fargʻona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Avaz Oʻrinboyev 1978-yilda Oltiariq tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

1996-yilda “Oʻztadbirkorbank” Oltiariq tuman boʻlimida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan. 1999-yildan 2005-yilgacha “Asaka” Bank Oltiariq tuman boʻlimida, 2005-2011-yillarda Markaziy Bank Fargʻona viloyat bosh boshqarmasida faoliyat olib borgan. 2011-2012-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qoʻqon filialini, 2012-2015-yillarda Fargʻona viloyati boʻlimini boshqargan.

2015 -2020-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

2020-yilda 107-Rishton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.