Tashrif doirasida Fargʻona viloyati delegatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori oʻrinbosari Dmitriy Ionin bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Sverdlovsk viloyati gubernatori rezidensiyasida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida tomonlar Fargʻona va Sverdlovsk oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, dizayner va IT-texnologiyasi, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirishda hamda boʻlib oʻtadigan xalqaro tadbirlar borasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari ikki viloyat rahbarlari boshchiligida belgilab berilgan “yoʻl xaritasi” dasturidagi ishlar samaradorligi borasida ham suhbatlashdilar.

Shuningdek, Yekaterinburg shahrida Respublika Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oleg Aleksandrin bilan ham Fargʻona viloyati va Yekaterinburg shahri oʻrtasida tibbiyot turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan masalalar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

Uchrashuvlar davom etadi.