Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Fargʻona viloyati xorijga qiymati 50,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 30,7 ming tonna gilos eksport qildi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,6 ming tonnaga koʻp.
Fargʻona viloyatidan eng koʻp gilos eksporti amalga oshirilgan davlatlar:
Rossiya – 23,0 million;
Qozogʻiston – 8,6 million;
Qirgʻiz R. – 17,0 million;
Koreya – 1,0 million AQSH dollari.