Markaz Fargʻona vodiysidagi chegara oldi hududlar salohiyatini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazish uchun maydon sifatida foydalaniladi. Shuningdek, yoshlar va soha mutaxassislarining malakasini oshirish, yangi bilimlar berish hamda muloqot va munozara muhitini yaratish uchun xizmat qiladi.

Bagʻrikenglik markazini tashkil etish “Yuksalish” umummilliy harakati, Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida Qirgʻiziston va Tojikistonning qator jamoat tashkilotlari ishtirokida “Markaziy Osiyoda bagʻrikenglik va tinchlik yoʻlida transchegaraviy va sohalararo muloqot” loyihasi doirasida nazarda tutilgan.