Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani ETK muhandisi D.T. fuqaro S.Q.ning “Xumdon” MFY hududidagi issiqxonasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.