Fargʻona viloyatida kuniga oʻrtacha 150 tonna oʻrik eksport qilinmoqda

    Agrosektor 29 May 2023 1189

    Joriy mavsumda tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 1 million 200 ming dollarlik 1500 tonnadan ortiq oʻriklar eksport qilindi.

    Davlat bojxona qoʻmitasining bergan maʼlumotiga koʻra, 2022-yili Fargʻona viloyatidan umumiy qiymati 3 million dollarlik 3000 tonnaga yaqin oʻrik eksport qilingan. Oʻriklar Rossiya Federatsiyasiga, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Moʻgʻuliston davlatlariga eksportga rasmiylashtirilgan.

    Bu yil viloyatda kunlik eksport oʻrtacha 150-200 tonnani tashkil etmoqda. Joriy mavsumda tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 1 million 200 ming dollarlik 1500 tonnadan ortiq oʻriklar eksport qilindi.

    Jarayonlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Vodiy” va “Margʻilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining Oltiariq tumanida joylashgan eksportga koʻmaklashish markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha sutkaning 24 soati davomida xizmat olib borilishi yoʻlga qoʻyildi.