Margʻilon shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Q. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro S.ga Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod davlat universitetining 1-kursini tamomlaganligi haqida maʼlumotnoma olib berishini aytgan.
Shuningdek, ushbu maʼlumotnoma orqali Fargʻona politexnika institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.