Bu erda qo'shtirnoq ichidagi tadbikorlar “Turon Eco Cement” brendi tushirilgan qoplarni noqonuniy yo'llar bilan yasattirib, bu qoplarga sifatsiz, arzon va hech qanday sinov tekshiruv natijalariga ega bo'lmagan tsement mahsulotlarini qo'lbola usulda qoplayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departament Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va “Turon Eco Cement” MCHJning ichki xavfsiz xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd natijasida soxta “tadbirkorlar” qo'lga olindi.  

Hozirda voqea yuzasidan soxta tadbirkorlarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jinoyat jazosiz qolmaydi albatta.

Aziz hamyurtlar qurilish materiallari xarid qilayotganda qalbaki mahsulotlardan ehtiyot bo'ling!

  “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Matbuot xizmati