Qayd etilishicha, 24-oktyabr soat 8:00 va 15:00 oraligʻida 1 510 515 nafar saylovchi ovoz berishga ulgurgan. Bu umumiy saylovchilarning 66,1 foizini tashkil etadi.

Far-ona viloyatida tashkil etilgan 1 203 ta saylov uchastkasida saylovchilar roʻyxatiga jami 2 million 284 ming nafardan ziyod aholi roʻyxatga olingan. Ushbu saylovchilarning 724 562 nafarini yoki umumiy saylovchilarning 31,7 foizini yoshlar, 1 104 409 nafarini yoki 48,34 foizini erkaklar, 1 180 110 nafarini yoki 51,66 foizini ayollar tashkil qiladi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati Okrug saylov komissiyasi maʼlumotiga tayanib.