Fargʻona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

    Mamlakatimizda 2 Mart 2021 3184

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi.

    Ushbu tayinlov Fargʻona viloyati hokimligida Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yigʻilish davomida eʼlon qilindi.

    Baxtiyor Ismoilov 2003-2015-yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017-2021-yillarda Fargʻona viloyati prokurorining oʻrinbosari, Fargʻona viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.