Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”;
Fargʻona viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “oʻsish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
2022-yilda Fargʻona viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
Fargʻona viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyxati.
Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq, Fargʻona viloyatida 2022-2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,5 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 3,1 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,5 baravarga oshiriladi.