Viloyatning qo'shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh olis hududidagi So‘x tumani aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan tumanda "Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish sayyor xizmati" faoliyati yo'lga qo'yildi.
Respublikada yagona bo‘lgan, tajriba tariqasida joriy etilgan mazkur sayyor xizmat turi “GAZEL" rusumli zamonaviy avtomobil tarkibiga joylashtirilgan bo‘lib, malakali mutaxassislar va barcha zaruriy texnik qurilmalar bilan ta'minlangan.
Asosiysi, ushbu qulaylikdan tumandagi nogironligi bo‘lgan, keksa yoshdagi hamda tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar minnatdor bo‘lmoqda.
Har kuni 70 nafarga yaqin fuqarolarga migratsiya xizmati ko‘rsatilib, xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Albatta, bu kabi sa'yi-harakatlar So‘x tumani aholisining turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati