Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi.
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida video olgan bolalar, ularning ota-onalari hamda videorolik tayyorlagan fuqaro shaxsiga oydinlik kiritildi.
Bolalarning otasi bundan bexabar boʻlganini aytib, barchadan uzr soʻradi.
— Biz bexabar qolibmiz, koʻrmabmiz. Hammalaringdan kechirim soʻraymiz. Farzandlarimni oʻzim nazorat ostiga olaman. Xudo xohlasa, bundan keyin bunday ishlar takrorlanmaydi, — deydi bolalarning otasi.
Hozirda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar oʻrganib chiqilib, voyaga yetmagan shaxsning otasiga hamda videolarni tarqatgan shaxsga maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.