“Fargʻonaazot“ AJning ustun mavqeyini yoʻqotganligi eʼtirof etildi

    Sanoat 16 Iyul 2025 725

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Fargʻonaazot“ AJning ustun mavqeyi yoʻqotganligi eʼtirof etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida“gi Qonunning 13-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa ustun mavqega ega deb eʼtirof etilishi belgilangan.

    Bugungi kunda, “Fargʻonaazot“ AJning karbamid ishlab chiqarish va sotish boʻyicha bozordagi ulushi 40 foizdan kamni tashkil etganligi munosabati bilan Qoʻmita tomonidan ustun mavqeyini yoʻqotganligi eʼtirof etildi.