Tadbir oy boshidan tashkil etilib, go'sht narxining qolgan qismi saxovatpesha chorvadorlar tomonidan qoplanishi kelishib olingan.

Furqatlik fermerlar o'zaro maslahatlashgan holda Ramazon hayiti bayrami kunlari dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka orqali 1 kilogramm mol go'shtini 30 ming so'mdan sotishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, yarmarkada bepul osh tuzi, tuxum, o'simlik yog'i, un va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ham arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda.

Bunday tadbirlardan mamnun bo'lgan tuman aholisi duo qilib, saxovatpeshalarga minnatdorchilik izhor etmoqda.