Joriy yilning 15-yanvar kuni mazkur jinoyat ishi yuzasidan sud hukm chiqardi.
Fargʻona shahar sudi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining 2024-yil 15-yanvardagi hukmi bilan sudlanuvchi voyaga yetmagan M. S. 14-yilga, sudlanuvchi voyaga yetmagan D. A. esa 13-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudlanuvchilarning jinoyatdan xabardor boʻlgan yana bir sherigi esa mazkur jinoyatni bilib turib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yashirganligi uchun sud unga 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.
Hukmdan norozi taraflarga shu sud orqali tegishli muddatda Fargʻona viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish huquqi tushuntirilgan.