Bu haqida Biznes-ombudsman ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, online-mahalla.uz platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili davomida 34 ta holatda hokim yordamchilari tomonidan belgilangan tartibda xulosa berilmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, hokim yordamchisi tadbirkorning arizasini 5 ish kuni ichida o‘rganib, kredit ajratish yoki rad etish bo‘yicha xulosani Yagona elektron platformaga joylashtirishi shart.
Tahlil yakunlariga ko‘ra, qonun talablariga rioya etmagan 16 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan. Shuningdek, tadbirkorlarga kredit olish bo‘yicha xulosalar berilishi ta’minlangan.