Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro Oʻ.T.ning ishonchiga kirib, unga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, evaziga 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, uning nomiga “B.” toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.