“Adabiyot kunlari” doirasida adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavalludiga 90 yil, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludiga 85 yil, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir, dramaturg Saydali Odilov tavalludiga 80 yil to'lganligi, O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xotirasiga ehtirom ko'rsatish hamda rishtonlik iste'dodli yozuvchi Isajon Sulton “O'zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan ularning ijodiy merosini o'rganish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatini inobatga olib tadbirlar o'tkaziladi.
Bunday kecha va uchrashuvlar ijodkorlarning ijodiy-madaniy merosini chuqur o'rganish, ma'naviy merosimiz durdonalarini yoshlar qalbiga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Rasuljon Kamolov,
«Yangi O'zbekiston» muxbiri.









