Hozirda chaqaloqlar va onaning salomatligi yaxshi. Shunday boʻlsada, shifokorlar ularni doimiy nazoratga olishgan.
– 2016 va 2018-yilda ham farzandli boʻlgandik, – deydi “qahramon” ona Munavvarxon Odilova. – Katta farzandlarimiz qiz edi. Endi uch oʻgʻil va uch qizli boʻldik, Ollohga shukur, juda baxtlimiz. Shifokorlargayam oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Quvonchi bir olam ota-ona chaqaloqlarga Toʻlqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism berishdi.
Shahar FHDYO organi xodimlari tugʻruqxonaga tashrif buyurishib, qoʻsh egizaklar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirishdi.
Elyorjon Ehsonov