Milliy gvardiya qoshida tashkil etilgan  Chavandozlar maktabining ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Maktab Farg'ona tumani, Ilg'or MFY, Obod turmush ko'chasida joylashgan bo'lib, ot sporti (uchkurash, to'siqlardan sakrash va ot yo'rttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-ko'pkariga ixtisoslashtirilgan.

Chavandozlar maktabida tashkil etilgan Ippoterapiya markazida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Farg'ona mintaqaviy filialining 54 nafar tarbiyalanuvchilarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar ham yo'lga qo'yildi.

Shuningdek, Milliy gvardiyaning Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi tashabbusi bilan probatsiya hisobida turuvchi yoshlar uchun ot sporti mahorat darslari tashkil etilgan bo'lib, bu orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiylashuvlari jarayonini kuchaytirish, ularga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsad qilingan.