Fargʻonada davlat manfaatlariga 4,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi

    Quvasoy shahrida 4,1 mlrd soʻmlik qum shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.X.” MCHJ masʼul shaxslari geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish uchun “Quvasoy-1” qum-shagʻal koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub. metr qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.